AQSHdan navbatdagi saxiylik: Ukrainaga 2 mlrd dollarlik harbiy yordam paketi tayyorlanmoqda

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga uzoq muddatli harbiy yordamning yangi paketini, jumladan, havo hujumidan mudofaa o‘q-dorilari bo‘yicha qiymati 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ni e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” agentligi AQSH ma’muriyatidagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Agentlikka ko‘ra, Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi (USAI) doirasida ajratiladigan mablag‘lar Hawk zenit tizimi uchun raketalar, shuningdek, Patriot havo mudofaa tizimi uchun ikki turdagi ilg‘or raketalarni sotib olishga yo‘naltiriladi. 

Bundan tashqari, Lockheed Martin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan PAC-3 va Raytheon Technologies tomonidan ishlab chiqarilgan GEM-T kabi havo mudofaasi tizimi uchun ilg‘or raketalar berilishi ko‘rib chiqilmoqda.

Kecha, 8 iyun kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden va Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mamlakatlari Ukrainani Rossiyaga qarshi to‘qnashuvda qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qilgan.

“Vashington Moskva qo‘shni davlatga agressiv bosqinini davom ettirar ekan, zarur mablag‘ni beradi”, deydi Bayden.

O‘z navbatida Sunak Ukraina tarafdorlari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Kiyevga yordam tugashini kutmaslik kerakligi haqida aniq ishora berishlari kerakligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina harbiy yordam paketi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing