AQSHdagi o‘zbekistonlik muhojir hibsga olindi
3-sahifa
−
12:14 3857 1 daqiqa
AQSHning Nyu-Jersi shtatida 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi oilaviy zo‘ravonlik va qurol bilan bog‘liq jinoyatlarda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda “Sledstviye” xabar berdi.
AQSH rasmiylariga ko‘ra, u sog‘liqqa qasddan og‘ir shikast yetkazish, qonunga xilof ravishda ushlab turish, zo‘ravonlik bilan tahdid qilish hamda qurol bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanmoqda. U ayni paytda Esseks okrugi qamoqxonasida saqlanmoqda.
Tergovchilarning ma’lum qilishicha, hodisa oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq mojaro paytida sodir bo‘lgan. Biroq voqea sodir bo‘lgan aniq manzil, ishlatilgan qurol turi va mojaro sabablari ochiqlanmagan.
Shuningdek, AQSH Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) tomonidan unga nisbatan federal so‘rov ham berilgan. Bu esa uning mahalliy sud jarayonlari yakunlangach, immigratsion hibsxonaga o‘tkazilishi mumkinligini anglatadi.
Qayd etilishicha, bunday choralar odatda chet el fuqarolarining immigratsiya maqomi ko‘rib chiqilayotgan yoki deportatsiya qilinishi ehtimoli mavjud holatlarda qo‘llanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH migratsiya qonunchiligini buzganlikda ayblangan 26 nafar O‘zbekiston fuqarosi AQSHdan deportatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi