26 nafar o‘zbekistonlik AQSHdan deportatsiya qilindi
Jamiyat
−
01 may 2194 1 daqiqa
Bugun, 1 may kuni AQSHning migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan 26 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan charter reys Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonliklarning qaytarilishi O‘zbekiston va AQSHning tegishli idoralari muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari natijasida amalga oshirilgan. Ikki tomonlama hamkorlik doirasida fuqarolarning shaxsini aniqlash, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va ularning xavfsiz olib kelinishini ta’minlash kabi barcha zarur tashkiliy va huquqiy tartib-taomillar tezkorlik bilan kelishib olingan.
“O‘zbekiston migratsiya sohasida xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni doimiy ravishda rivojlantirib, migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olishga, shuningdek, chet eldagi o‘z fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Amerika Qo‘shma Shtatlarida qolish uchun qonuniy ruxsatga ega bo‘lmagan 65 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilingan edi.
Live
Barchasi