AQSHdagi to‘polon: Tramp tarafdorlariga nima dedi?
Olam
−
07 yanvar 2021
11340AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp Kongress binosi joylashgan Kapitoliyda namoyish o‘tkazayotgan tarafdorlarini kuch ishlatishdan tiyilishga chaqirdi. Bu haqda Prezidet o‘zining Twitter sahifasida yozgan.
Tramp o‘z xabarida prezidentlik saylov natijalariga qarshi namoyishga chiqqanlardan Kongressni qo‘riqlayotgan politsiya va xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlashni so‘ragan.
“Ular o‘z mamlakati tarafida. Tinchlikni saqlang”, deb yozgan Tramp.
Please support our Capitol Police and Law Enforcement. They are truly on the side of our Country. Stay peaceful!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) January 6, 2021
Ayni vaqtda Kongress atrofidagi vaziyat ancha tinchigan va politsiya hududni temir panjara bilan o‘rab olgan. Donald Trampning deyarli barcha tarafdorlari tarqalib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish qilib, Kongress binosiga bostirib kirgan edi. Oqibatda 4 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq namoyishchi hibsga olindi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr