AQSHdagi saylovlar: Bayden va Tramp nomzod bo‘lishi kafolatlandi

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Jo Bayden va sobiq prezident Donald Tramp prezidentlikka nomzodlikni ta’minlash uchun boshlang‘ich saylovlarda yetarlicha delegat to‘pladi. Bu haqda “Washington Post” xabar berdi.

Jorjiya, Missisipi va Vashington shtatlarida kecha, 12 mart kuni bo‘lib o‘tgan birlamchi ichki partiyaviy saylovlar natijalariga ko‘ra, Bayden nomzodlik uchun zarur bo‘lgan 1968 dan ortiq delegatning qo‘llab-quvvatlashiga erishgan.

Xuddi shu kuni Gavayi shtatida ham praymerizlar bo‘lib o‘tdi, biroq ularning natijalari hozircha e’lon qilinmadi.

"Saylovchilar endi bu mamlakatning kelajagini hal qilishi kerak: biz demokratiyamizni himoya qilish uchun kurashamizmi yoki boshqalar uni yo‘q qilishga ruxsat beramizmi?" deydi Bayden Jorjiyada natijalar e’lon qilinganidan keyin.

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp ham Jorjiya, Missisipi va Vashingtonda Respublikachilar partiyasining praymerizlarida g‘alaba qozondi. Bu unga Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan 1215 delegatni olish imkonini berdi.

Ma’lumot uchun, Respublikachilar yoki Demokratlar partiyalaridan AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lish uchun, avvalo, ichki partiyaviy praymerizlarda g‘alaba qozonish kerak. Rasmiy ravishda oliy davlat lavozimiga nomzodlar yozda har ikki partiyaning qurultoylarida aniqlanadi. 2024 yilgi prezidentlik saylovlari 5 noyabrga belgilangan. 

Eslatib o‘tamiz, Trampning Respublikachilar partiyasidagi so‘nggi jiddiy raqibi, BMTning sobiq elchisi va Janubiy Karolina shtatining sobiq gubernatori Nikki Xeyli bir necha kun avval poygadan chiqib ketgan edi.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Tramp Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing