AQSHdagi saylov. Ish sudgacha boradiganga o‘xshaydi

Olam

image

AQSHda demokratik partiyadan Prezidentlikka nomzod Jozef Baydenning saylovoldi shtabi sudlar orqali mamlakatdagi umumiy saylovlarda berilgan barcha byulletenlarni to‘g‘ri ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda bugun, 4 noyabr kuni e’lon qilingan bayonotida aytib o‘tdi.

"Agar [AQSH Prezidenti Donald Tramp] o‘zining tahdidini to‘xtatmasa va ovozlarni to‘g‘ri hisoblanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sudga murojaat qilsa, bizda uni to‘xtatishga tayyor advokatlar bor. Va ular g‘olib chiqadi", deyiladi hujjatda. 

"Trampning bugungi kunda ovozlarni sanashni to‘xtatishga urinish haqidagi bayonoti g‘azablanarli va noto‘g‘ri. Bu g‘oyat nafratlidir. Chunki bu Amerika fuqarolarini demokratik huquqlardan mahrum etishga qaratilgan ochiq urinishdir", deyiladi hujjatda.

3 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida boshlangan Prezidentlik saylovi yakunlandi. 

Seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da (Toshkent vaqti bilan chorshanba 11:00) so‘nggi saylov uchastkasi — Aleutian orollaridagi AQSHning eng g‘arbiy aholi punktida joylashgan 300 ga yaqin aholisi bo‘lgan Adyak qishlog‘ida yopildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, demokrat Jo Bayden amaldagi Prezident, respublikachi Donald Trampdan 237-213 ovoz bilan oldinda bormoqda. Saylovda g‘alaba qozonish uchun 270 ta ovoz to‘plash kerak.

Ammo Viskonsin, Michigan va Pensilvaniya kabi shtatlar ovoz berish natijalarini e’lon qilishga shoshilmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh saylov

Baholaganlar

389

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing