AQSHdagi namoyishlarda 20 kishi qo‘lga olindi
Olam
−
13 dekabr 2020
3785Politsiya Amerika Qo‘shma Shtatlari poytaxi Vashingtonda Tramp tarafdorlari va muxolifat o‘rtasidagi tartibszlik ishtirokchilaridan 20 namoyishchini hibsga oldi. Bu haqda NBC xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, namoyishlarga aloqador harakatlar uchun kamida 20 kishi hibsga olingan. Olti nafar fuqaro politsiya xodimlariga, 10 kishi boshqa fuqarolarga hujum qilgan, to‘rt kishi tartibsizliklarda ishtirok etgani uchun qo‘lga olingan. Bir necha namoyishchilar va politsiya orasida yaralanganlar bor.
Vashingtonda Donald Tramp tarafdorlari va muxoliflarining ikkita norozilik harakati bo‘lib o‘tdi. Respublikachilar, shu jumladan o‘ta o‘ngparast Proud Boys, Freedom Plaza va Kapitoliy tepaligidagi Oliy sud yonida to‘planib, “saylovlardagi qallobliklar” borasida norozilik bildirdi.
Shuningdek, 11 dekabr, juma kuni Oliy sud Texas shtati Bosh prokurori Ken Paktonning mamlakatdagi ovoz berish natijalarini qaytadan ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi da’vosini rad etdi. Namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanganidan so‘ng, politsiya olomonni Oq uy yaqinidagi mahallalardan uzoqlashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Texas Respublikachilar partiyasining raisi Allen Uest AQSH Oliy sudining 3 noyabrdagi saylov natijalarini qayta ko‘rib chiqish haqidagi da’voni rad etish to‘g‘risidagi qaroriga javoban Amerika konstitutsiyasi tamoyillariga amal qiladigan “Shtatlar ittifoqi”ni tuzishni taklif qilgandi.