AQSHdagi katta noroziliklar Yevropagacha yetib keldi (video)
Olam
−
01 iyun 2020
13467Ikki Yevropa davlati poytaxti aholisi qora tanli Jorj Floydning o‘limidan keyin politsiyaning shafqatsizligiga qarshi chiqqan amerikalik namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun mitinglar uyushtirmoqda. Bu haqda "Euro News" agentligi xabar berdi
Kecha, 31 may kuni londonliklar ko‘chalarga "Qoralar hayoti muhim!" shiori bilan chiqishdi. Amerikalik namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun yig‘ilgan odamlar, "politsiya terroridan" norozi bo‘lib, hukumatlarni qora tanli Jorj Floydning qotillari ustidan hukm chiqarishni talab qilmoqda.
Ishtirokchilardan biri matbuotga qora tanlilarni xorlash, irqiy kamsitish asosidagi zo‘ravonlik va qotillik asrlar davomida davom etib kelganini aytdi. Bugungi kunda, uningning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat faqat yomonlashmoqda. Shu munosabat bilan u, hukumatlar o‘zlarining talablari tinglanmaguncha, o‘zlarining huquqlari va qora tanlilarning huquqlarini "balandroq va yanada balandroq" ovozda talab qilishni ta’kidladi.
Shu bilan birga, ushbu kunda Berlindagi AQSH elchixonasi yaqinida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. 30 may kuni ikki mingga yaqin odam politsiya o‘zboshimchaliklariga chek qo‘yishni talab qilib yig‘ilishdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftaning oxiriga qadar tartibsizliklar Amerikaning o‘nlab yirik shaharlariga tarqaldi. Odamlar tartibsizliklarni bostirish uchun kiritilgan politsiya va Milliy gvardiya kuchlari bilan ochiq to‘qnashuvga kirishmoqda. Namoyishlar hatto Vashingtonda ham bo‘lib o‘tmoqda. Oq uy oldida namoyishchilar gulxan yoqib, turli shiorlar bilan baqirishmoqda. Shu sababli, Milliy gvardiya AQSH poytaxtiga kiritilgan.
Avvalroq, AQSH Prezidenti namoyishlar vaqtida qayerga yashiringani haqida xabar berilgan edi.