AQSHda vitse-prezidentlikka nomzodlarning debati bo‘lib o‘tdi

Olam

image

AQSHda kecha, 1 oktyabr kuni CBS News telekanalida AQSH vitse-prezidentligiga ikki nomzod – demokrat Tim Uolz va respublikachi Jeyms Devid Vens o‘rtasida teledebat bo‘lib o‘tdi.

Munozara Eron siyosati, ayollarning abort huquqlari, migratsiya va global isish kabi masalalarni qamrab oldi.

Eron yaqinda yadro qurolini yaratadi – kim aybdor?

Bahs efir boshlanishidan bir necha soat oldin Isroilni olti oy ichida ikkinchi yirik raketa hujumiga uchratgan Amerikaning Eronga nisbatan siyosati yuzasidan fikr almashish bilan boshlandi. Tim Uolzning aytishicha, Eron yadroviy qurol yaratishga yaqinroq, chunki Donald Tramp “qat’iyatsiz davlat rahbari” edi. Uolz Trampning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqqanini va bu bilan, uning fikricha, Tehronning bu sohadagi taraqqiyotiga hissa qo‘shganini eslatdi.

Vensning aytishicha, Tramp o‘z prezidentligi davrida dunyoni “barqaror va xavfsizroq” qilib qo‘yga, chunki u “odamlar chegarani kesib o‘tishdan qo‘rqadigan” samarali oldini olish tizimini yaratgan.

Munozara davomida Tim Uolz Vens va uning partiyadoshlarini muhojirlarni “degumanizatsiya qilish va kamsitish”da aybladi.

AFP’ning eslatishicha, Vens Springfildda yashovchi gaitilik muhojirlar shahar uy hayvonlarini yeyayotgani haqidagi irqchi mish-mishlarni birinchilardan bo‘lib tarqatgan.

Vens, o‘z navbatida, “ayniqsa, noqonuniy” migratsiyaning ko‘payishini Qo‘shma Shtatlardagi uy-joy narxlarining ko‘tarilishi bilan bog‘ladi, shuningdek, hozirgi vitse-prezident Kamola Harrisni bu muammolarni hal qila olmaganlikda aybladi.

AQSH vitse-prezidentligiga nomzodlar o‘rtasidagi bahslar kamdan-kam hollarda saylovlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Biroq Kamola Harris va Donald Tramp taxminan bir xil darajada qo‘llab-quvvatlanayotgan hozirgi vaziyatda, hatto Uolz yoki Vensning bayonotlari tufayli jamoatchilik fikridagi kichik o‘zgarishlar ham hal qiluvchi bo‘lishi mumkin.

AQSHda prezidentlik saylovlari 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made