AQSHda o‘zbekistonlik jinsiy zo‘ravonlik materiallari uchun 19 yilga qamaldi

3-sahifa

image

AQSHda 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sulton Nuriyev bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik aks etgan materiallarni chegaradan olib o‘tgani uchun 19 yilga qamaldi. Bu haqda AQSH Advokatlik idorasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sulton Nuriyev 2022 yil 13 yanvar kuni Floridadan Toshkentga jo‘nab ketgan. Shu yilning 20 fevral kuni u Orlandoga (Florida) qaytgan. Nuriyev qaytar chog‘ida AQSH bojxona va chegara qo‘riqlash xizmati (CBP) uning telefonini tekshirgan. Kutilmaganda o‘zbekistonlik erkakning telefonidan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik tasvirlari topilgan. 

Keyingi sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvi shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston fuqarosi internetda o‘zini 12 yoshli bola qiyofasida ko‘rsatib, voyaga yetmagan qizlarni shahvoniy suratlar olib, jo‘natishga undagan. Nuriyev ham o‘z aybiga iqror bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made