AQSHda o‘zbekistonlik erkak saylovlarga oid firibgarlikda ayblanmoqda

3-sahifa

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarida 45 yoshli Rossiya fuqarosi Dmitriy Shushlebin va 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sanjar Jamilov saylovchilarni ro‘yxatga olish bo‘yicha soxta arizalar berish bilan bog‘liq firibgarlik sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Gap Florida shtatining Pinellas okrugida ariza topshirish haqida ketmoqda. Ayblanuvchilar Mayami-Bichda yashovchi 45 yoshli Rossiya fuqarosi Dmitriy Shushlebin va Sent-Pitersbergda yashovchi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sanjar Jamilovdir.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular 2023 yilning fevral va mart oylarida saylovchilarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida 132 ta soxta ariza topshirish uchun til biriktirgan.

Arizalar boshqa birovlarning nomlari bilan topshirilgan, ularda bir xil matn terish xatosi va turli xil firibgarlik belgilari bo‘lgan. Masalan, bir xil tug‘ilgan sana kunlari va manzillar hamda ketma-ket ijtimoiy sug‘urta raqamlari. 

Agar Dmitriy Shushlebin va Sanjar Jamilov aybdor deb topilsa, ularning har biri besh yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi. Tekshiruvni AQSH pochta nazorati xizmati, Federal qidiruv byurosi va Florida huquq-tartibot idoralari olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh firibgarlik O'zbekiston saylov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing