AQSHda uy sharoitida COVID-19 ga test topshirish mumkin bo‘ldi

Olam

image

AQSHda uy sharoitida koronavirusga test topshirish imkoniyati yaratildi. AQSH Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi buni tasdiqlagan. 

Test retsept asosida sotiladi. Narxi taxminan 50 dollar atrofida bo‘ladi.

14 yoshdan katta odamlar agar o‘zlarida koronavirus alomatlarini sezishsa, testdan foydalanib ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Test burun-xalqumdan olinadi. Natija 30 daqiqa ichida tayyor bo‘ladi. 

Worldometers ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda pandemiya boshlanganidan buyon 11 mln 695 ming 711 kishi koronavirus bilan kasallangan, 254 ming 255 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan. Ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha ham AQSH dunyoda birinchi o‘rinda bormoqda. 

Dunyoda koronavirusga chalinganlar 55 mlndan oshgan. 1,3 mln bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

test koronavirus

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing