AQSHda o‘smirlar ziyofatida otishma sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
Olam
−
10:47
2159AQSHning Texas shtati Xyuston shahrida o‘smirlar tomonidan o‘tkazilgan ziyofat paytida otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda kamida ikki nafar o‘smir halok bo‘ldi, to‘rt kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, “Fox News” xabar berdi.
14 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:20 da politsiyaga otishma haqida xabar kelib tushgan. Hodisa joyiga yetib borgan politsiya xodimlari qochayotgan o‘smirlarni ko‘rgan. Otishma oqibatida 16 yoshli o‘smir voqea joyida halok bo‘lgan, yana besh kishi shifoxonaga olib borilgan. Ular orasida 14 yoshli qiz olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan. Yaralanganlardan biri og‘ir ahvolda qolmoqda. Jinoyatchi avtomobilda voqea joyidan qochib ketgan.
Hozirda politsiya tergov harakatlarini boshlagan, ammo jinoyatchining shaxsi va hodisa sabablari ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Alabama shtatidagi Taskigi universiteti kampusida otishma sodir bo‘lishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgandi. Yana 16 kishi esa yaralangan.
LiveBarchasi