AQSHda o‘smir qiz 7 yoshli bolani o‘ldirish uchun killer yolladi

Olam

image

AQSHning Ayova shtatida 7 yoshli bolani o‘ldirish uchun qotil yollamoqchi bo‘lgan 17 yoshli qiz qo‘lga olindi. Bu haqda “Newsnation” nashri xabar berdi.

Storm lake politsiya bo‘limiga “Qotilni yollash” degan ma’noni anglatuvchi “RentaHitman.com” komiks sayti ma’murlari murojaat qilgan. Ular politsiyaga noma’lum shaxs yetti yoshli bolani o‘ldirish maqsadida ikki marta saytga kirganini bildirgan.

Killer yollashni maqsad qilgan 17 yoshli qiz nishon sifatida yosh bolaning ismi, manzili va boshqa ma’lumotlarni taqdim etgan.

Tergovchilar tomonidan gumondorning shaxsi aniqlanib, qotilning o‘zini ko‘rsatishi va aloqa o‘rnatishi uchun maxfiy ofitser tayyorlangan.

Ofitser qiz bilan uchrashgan va uning shaxsan o‘zidan bolani o‘ldirish istagini tasdiqlab olgan. Keyinchalik qiz hibsga olingan. 

Qiz qotillikka undashda ayblangan. U Cherokidagi shimoliy-g‘arbiy Ayova yoshlar favqulodda yordam markaziga olib borilgan va uning ishi balog‘atga yetmaganlar sudiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh qotillik killer yollanma qotil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing