AQSHda ushlangan o‘zbekistonlikni Toshkent qidirgani ma’lum bo‘ldi

3-sahifa

image

Avvalroq, AQSHning Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) 31 yoshli o‘zbekistonlik muhojir A.B.ni terrorchilik ishlarida aloqadorlikda gumon qilgan holda hibsga olgandi. U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2 moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, qidirilayotgan bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasiga tayanib, “Dunyo” xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 242- moddasi (jinoiy uyushma tashkil etish) va 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan hamda xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi B.A. AQSHning vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qo‘lga olingan.

B.A.ni qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv harakatlari 2024 yilning may oyida boshlangan va O‘zbekistonning tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Olib borilgan ishlar natijasida fuqaro B.A. joriy yilning noyabr oyi boshida AQSHda qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Toshkent muhojir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing