AQSHda Ukrainaga yordam uchun qancha mablag‘ qolgani aytildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yana 250 million dollarlik qurol ajratish huquqiga ega va yetkazib berishni kengaytirish uchun Kongress qo‘shimcha moliyalashtirishga ruxsat berishi kerak. Bu haqda Oq uy Matbuot kotibi Jen Psaki ma’lum qildi.  

“Bilasiz, biz harbiy yordam uchun 3,5 milliard dollar ajratdik, bizda shundan 250 millioni qoldi. Shubhasiz, biz buni ukrainaliklarga tezroq berish ustida ishlaymiz. Ammo ularga yordam ko‘rsatishni davom ettirish, ular zarur qurol-yarog‘, artilleriya, texnikaga ega bo‘lishlari uchun bu moliyalashtirishni zudlik bilan olg‘a siljitish zarur”, degan Psaki. 

Ma’lumot o‘rnida, AQSH Pentagondan Ukraina kuchlariga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, jumladan artilleriya, bronetransportyorlar va dronlar o‘tkazmoqda. Harbiy yordam yetkazib berishda yana o‘ttizdan ortiq mamlakat ishtirok etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Bayden Kongressdan Ukrainaga gumanitar va harbiy yordam sifatida 33 milliard dollar so‘radi. Bayden so‘ragan mablag‘ga 8,5 milliard dollar iqtisodiy yordam va 3 milliard dollar gumanitar va oziq-ovqat yordami kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

553

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing