AQSHda o‘quvchi tengdoshi va o‘zini otib o‘ldirdi (video)

Olam

image

Kecha, 21 yanvar kuni AQSHning Tennessi shtatidagi maktabda o‘quvchi tengdoshini otib o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi va yana bir o‘quvchini yaraladi. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa Nashvill shahridagi maktab oshxonasida mahalliy vaqt bilan taxminan soat 11:00 da sodir bo‘lgan. O‘smir noma’lum sabab bilan tengdoshiga o‘t ochib, so‘ng o‘z joniga qasd qilgan va yana bir o‘quvchini yaralagan.

Hozircha hujumchi va qurbonlar o‘rtasida qanday kelishmovchilik sodir bo‘lgani aniqlanmagan. Otishma tasodifiy bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, maktabda taxminan 2000 o‘quvchi tahsil oladi. U Nashvill shahri markazidan 16 kilometr janubi-sharqda joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning kuzida Turkiyaning Karaman shahridagi Haqqi Teke sport litseyining 11-sinf o‘quvchisi sport zalida do‘stini qurol bilan otib o‘ldirgandi. Yaralangan bolaga zudlik bilan yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, bola shifoxonada vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh o'quvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing