AQSHda tug‘ilgan chet elliklarning fuqarolik olish huquqi bekor qilinadi – Tramp

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp 2025 yilning yanvarida lavozimga kirishganidan so‘ng darhol AQSHda tug‘ilgan xorijliklarning farzandlari fuqarolik huquqini bekor qilish rejasini e’lon qildi. Bu haqda Tramp kecha, 8 dekabr kuni NBC News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Biz buni to‘xtatishimiz kerak. Bu kulgili", deydi Tramp.

U Amerika Konstitutsiyasining 14-tuzatilishida nazarda tutilgan ushbu qoidani qanday qilib aniq bekor qilmoqchi ekanligini tushuntirmadi va agar imkoni bo‘lsa, buni "ijroiya harakati orqali" qilishini aytdi.

Biroq Donald Tramp AQSHga bolaligida kirib kelgan noqonuniy muhojirlarning mamlakatda qolishiga ruxsat beruvchi qonunlarni qabul qilish uchun demokratlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi.

Tramp avvalgi prezidentlik davrida ham xuddi shunday rejalar haqida ma’lum qilgan edi. Amerikalik huquqshunos, Building Democracy Foundation rahbari Igor Slabixning fikricha, AQSH Konstitutsiyasini o‘zgartirish tartibi shu qadar uzoq va murakkabki, Tramp o‘z rejasini amalga oshirishga ulgurishi dargumon.

U Kongressning har ikki palatasi tomonidan ma’qullanishi, shuningdek, shtatlarning uchdan ikki qismi tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak.

AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan 14-tuzatish mamlakatda tug‘ilgan har bir kishi fuqaroligini belgilaydi. U 1868 yilda fuqarolar urushidan keyingi keng ko‘lamli islohotlarning bir qismi sifatida qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Donald Tramp o‘zining Oq uydagi ilk ish kunida immigratsiya qonunchiligini kuchaytirish va Jo Baydenning asosiy muhojirlarni qabul qilish dasturlarini tugatishga qaratilgan bir qator choralarni amalga oshirishi kutilayotgani xabar qilingandi. Shuningdek, u AQSH tarixidagi eng yirik migrantlar deportatsiyasini amalga oshirmoqchiligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing