AQSHda Trampga tegishli bo‘lgan bino portlatildi (video)

Olam

Kecha, 17 fevral kuni Atlantik Siti shahridagi AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampga tegishli bo‘lgan 39 qavatli kazino-mehmonxona binosi buzib tashlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

2014 yilda faoliyatini to‘xtatgan kazinoda o‘z vaqtida mashhur kinoyulduzlari, sportchi va ishbilarmonlar vaqtichog‘lik qilgan. Ammo bino bugunga kelib, nurab, to‘kila boshlagandi.

Ertalab soat 9:00 lar atrofida 3 mingta dinamit portlatilishi binoni larzaga keltirgan va inshoot 20 soniyada qulagan. Undan qolgan vayronalar 8 qavat balandlikka teng. Ularni 10 iyunga qadar olib tashlash reja qilingan.

Yaqin kelajakda kazino-mehmonxona majmuasining qo‘shimcha qismlari, shu jumladan ma’muriy va qo‘shimcha binolar og‘ir uskunalar yordamida buziladi. Bunda portlovchi moddadan foydalanilmaydi.

1984 yilda ochilgan Trump Plaza bir muncha vaqt davomida Atlantika-Siti shahridagi eng muvaffaqiyatli kazino bo‘lgan. Sobiq Prezident kazinoni boshqa milliarder Karl Aykanga sotgan, u 2016 yilda Trampning qolgan ikki kazinosni ham sotib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

942

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing