AQSHda tajriba uchun virus yuqtirilgan maymunlar qochib ketdi (video)

Olam

image

Kecha, 28 oktyabr kuni ASHning Missisipi shtatida sodir bo‘lgan avtohalokat paytida Luiziana shtatidagi Tuleyn universitetidan olib ketilayotgan rezus-makaka maymunlari yuk mashinasidan chiqib, qochib ketdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Okrug sherif boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hayvonlar gepatit S va COVID-19 kabi bir nechta viruslar bilan zararlangan bo‘lgan. Ular inson salomatligi uchun xavf tug‘diradi. Boshqarmaga ko‘ra, qochgan maymunlar odamlarga nisbatan tajovuzkorlik ko‘rsatmoqda va ular bilan ishlashda maxsus himoya vositalaridan foydalanish zarur.

Biroq Yangi Orleanda joylashgan Tuleyn universiteti vakillari bu maymunlar boshqa turga mansubligini va yuqumli emasligini bildirgan. Mahalliy politsiya keyinchalik deyarli barcha maymunlar “yo‘q qilinganini” ma’lum qilgan, biroq bitta hayvon hanuz topilmagan va uni qidirish ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida bitta maymun 22 mln kishi istiqomat qiladigan butun Shri-Lankani elektrsiz qoldirgandi. Shundan so‘ng, Shri-Lankadagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari voqea yuzasidan rasmiylarga qarata ko‘plab hazillar bilan chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

maymun Luiziana Missisipi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing