Tailandda maymun tishlagan erkak vafot etdi
Olam
−
11 dekabr 5436 1 daqiqa
Tailandda 63 yoshli erkak Chayphum Se-In yovvoyi, tajovuzkor makaka uning uyiga bostirib kirib, hujum qilganidan keyin halok bo‘ldi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, erkak hayvondan himoyalanishga uringan, biroq ko‘plab jarohatlar olgan. Uning o‘limiga esa erkakning chap oyog‘idan olgan jarohati sabab bo‘lgan.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, bu maymun ancha vaqtdan buyon qishloq aholisini qo‘rqitib kelgan. Guvohlarning aytishicha, hayvon avval ham odamlarga hujum qilgan va voqeadan taxminan 10 kun oldin aynan shu maymun marhumni yelkasidan tishlab olgan. O‘sha maymun bir mahalliy oilaga ham hujum qilib, ularni uyini tark etishga majbur qilgan.
Chayphumning jasadini uning jiyani topgan. Pol tagida ko‘p miqdorda qon izi bo‘lgan. Uning tanasida esa o‘nlab tishlash va tirnalish izlari bo‘lgan.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirayotgan paytda maymun uy ustunlarida paydo bo‘lib, ofitserlarni kuzatib turgan. Mahalliy hokimiyatning xabar berishicha, aholiga xavf tug‘dirayotgan maymun hozirda qidirilmoqda. Xavfsizlik uchun hayvonni yo‘q qilish bo‘yicha buyruq chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Missisipi shtatida sodir bo‘lgan avtohalokat paytida Luiziana shtatidagi Tuleyn universitetidan olib ketilayotgan rezus-makaka maymunlari yuk mashinasidan chiqib, qochib ketgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi