AQSHda suv toshqinlari kuzatilyapti. Tramp qarorgohi ham toshqindan bebahra qolmadi (foto)

Olam

AQSH poytaxti Vashington, unga yondosh Merilend va Virjinya shtatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv toshqinlari kuzatilyapti. Bu haqda ABC nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, jala sabab AQSH Prezidenti qarorgohi Oq uy yerto‘lasiga ham suv toshgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Oq uydan olingan suratlar ham tarqaldi. Bundan taqshari AQSH Milliy arxivi binosi ham yopilgan.

Yomg‘ir natijasida Oq uyning pastki qavatida joylashgan Matbuot markazi zarar ko‘rgan.

Vashington ko‘chalariga suv toshib, transport vositalarining harakatiga jiddiy zarar yetkazgan. Meteorologlar AQSH fuqarolarini kuchli shamol yaqinlashib kelayotganidan ham ogohlantirgan.

Suv qopqonida qolgan ba’zi haydovchilar qutqaruvchilar yordami bilan qutilgan. Virjinya shtati Arlington okrugidagi Reygan Milliy aeroportiga bir soatda 84 mm yomg‘ir yog‘gan. Bu deyarli bir oylik (94 mm) ko‘rsatkichga teng. Vashington atrofidagi Virginia Square metro stanitsyasiga ham suv toshgan. 20 daqiqada stansiyaga tomdan suv oqib tusha boshlagan.

Bundan tashqari, kuchli yomg‘ir natijasida Merilend shtati Frederik shahridagi mahalliy aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagi ham suv ostida qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh yomg'ir

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing