AQSHda sovet va Xitoy samolyotlari to‘qnashib ketdi
Olam
−
24 Sentabr
824022 sentyabr kuni AQSHning Kaliforniya shtatida ikkita bir dvigatelli samolyot havoda to‘qnashib ketdi. Oqibatda samolyotlardan biridagi uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda NBC xabar berdi.
AQSH Federal aviatsiya ma’muriyatiga ko‘ra, 22 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 13:00 atrofida bir dvigatelli Nanchang CJ-6 va bir dvigatelli Yakovlev Yak-52 samolyotlari Los-Anjeles shimolidagi Lankaster shahri yaqinida to‘qnashib ketgan. Voqea sodir bo‘lgan vaqt samolyotlar bortida faqat bittadan uchuvchi bo‘lgan. Los-Anjeles okrugi o‘t o‘chirish bo‘limi uchuvchilardan biri halok bo‘lganini, ikkinchisiga esa hech qanday zarar yetmaganini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, samolyotlardan biri 47-ko‘cha Sharqiy va F prospektlari chorrahasiga, ikkinchisi esa Lankasterdagi 60-ko‘cha Sharqiy va G prospektlariga qulagan.
Ikkala samolyot ham aerobatikada va mashg‘ulotlarda ishlatiladigan modellar bo‘lgan. Fight’s On kompaniyasiga tegishli Yak-52 1930 yilgi va Sovet davridan qolgan samolyot hisoblanadi. Nanchang CJ-6 esa Xitoyning 1960 yillardagi harbiy samolyoti bo‘lib, asosan mashg‘ulot uchun foydalanilgan.
Uchuvchilarning shaxsi aniqlanmagan. Shuningdek, to‘qnashuv sababi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Bursa shahrida o‘quv samolyoti qulashi oqibatida 2 uchuvchi halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi