AQSHda samolyot quladi, 4 kishi qurbon bo‘ldi
Olam
−
21 Sentabr 2020 5523 1 daqiqa
AQSHning Texas shtatida samolyot qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Piper PA-46 samolyoti Ostindan Luizianaga uchayotgan bo‘lgan.
Halokat texnik nosozliklar tufayli yuzaga kelgan, samolyot Hilltop Lakes aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan va qulab tushgan.
Samolyotda bo‘lganlarning barchasi vafot etgani aytilmoqda.
AQSH Milliy transport xavfsizligi kengashi holat bo‘yicha tekshiruvni boshladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr