AQSHda politsiyachi homilador qora tanli ayolni otib o‘ldirdi (video)

3-sahifa

image

AQSHning Ogayo shtatida politsiya xodimi do‘kondan spirtli ichimlik o‘g‘irlashda gumon qilingan qora tanli homilador ayolni otib tashladi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi

Qayd etilishicha, mazkur voqea joriy yilning 24 avgust kuni yuz bergan. Ogayo shtati politsiyasiga shahar hududidagi do‘konda o‘g‘irlik sodir etilgani haqida xabar berilgach, tezkor guruh belgilangan manzilga yetib kelgan. Avtomobillar to‘xtash joyida gumonlanuvchining mashinasi organ xodimlari tomonidan qurshab olingan, biroq Takiya Yang ismli 21 yoshli ayol ularning talablarini bajarishdan bosh tortib, harakatni davom ettirgan.

Politsiyachilarning bodikamerasiga tushib qolgan tasvirlarda Yang unga qurol o‘qtalib turgan xodimning ustiga qarab mashinasini haydagani tasvirlangan. Bu vaqtda esa ofitser homilador ayolga qarata o‘q uzgan. 

Ikki nafar farzandning onasi, uchinchisiga homilador bo‘lgan Takiya Yang olgan og‘ir tan jarohati tufayli shifoxonada jon bergan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh politsiya Ogayo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing