AQSHda oltin hojatxona auksionga qo‘yiladi

Olam

image
Bir dona banan 6,2 mln dollarga sotildi north_east

Bir dona banan 6,2 mln dollarga sotildi

Italiyalik vizual rassom Mauritsio Kattelan tomonidan ishlangan oltin hojatxona sotuvga qo‘yiladi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hoxatxona 18 karatli 101,2 kg oltindan ishlangan bo‘lib, “Amerika” deb ataladi. Joriy yilning 18 noyabr kuni boshlang‘ich narxi 10 mln dollar bilan Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksionida kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. 

Auksion eksperti Devid Galperinning aytishicha, xaridorlar hojatxonaning narxini auksion saytida ham kuzatib borishi mumkin. Biroq u odamlar “san’at asari”ga o‘tirmasliklari kerak deb hisoblaydi.

Hojatxonaning birinchi versiyasi dastlab 2016 yilda Nyu-Yorkdagi muzeylardan biridagi hojatxonaga o‘rnatilgan. Ammo uch yil o‘tgach, o‘g‘rilar uni o‘g‘irlab ketgan va shu yilda hojatxonaning yangi versiyasi ishlab chiqilgan. 

“Amerika” muallifining so‘zlariga ko‘ra, hojatxona haddan tashqari ko‘p va chegarasiz boylikni anglatadi. Auksion ekspertlaridan biri tovar qiymatining keskin oshib ketishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikaning Somatis startapi jamoat joylari uchun hojatxona tozalovchi robot yaratgan edi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Mauritsio Kattelan oltin hojatxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing