AQSHda neft-gaz sanoatini qutqarishga harakat boshlandi

Olam

image
“Qora oltin”ning quyuqlashgan muammosi: jahon neft bozorining kelajagi xavf ostidami? north_east

“Qora oltin”ning quyuqlashgan muammosi: jahon neft bozorining kelajagi xavf ostidami?

AQSH Prezidenti Donald Tramp Energetika va Moliya vazirliklariga mamlakatdagi neft-gaz kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash rejasini ishlab chiqishni topshirganini ma’lum qildi.

“Biz buyuk amerika neft-gaz sanoatiga hech qachon pand bermaymiz. Men Energetika va Moliya vazirligiga bu muhim kompaniyalar va ish o‘rinlari uzoq vaqt davomida ta’minlanishi uchun reja ishlab chiqish va mablag‘ ajratishni topshirdim”, degan Tramp Twitter`dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 aprel kuni WTI markali neft narxi tarixda ilk bor manfiyga tushib ketdi va bir barreli -40,32 dollardan baholandi. Ya’ni sotuvchi neftni olgan xaridorga pul beradigan bo‘ldi. Bunday pasayish talabning keskin tushib ketishi ortidan yuz berdi.

Bugun WTI markali neft narxi yana musbat ko‘rsatgichga qaytdi va bir barreli 2 dollardan qimmatroqqa baholandi.


Maqola muallifi

Teglar

neft'-gaz

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing