“Qora oltin”ning quyuqlashgan muammosi: jahon neft bozorining kelajagi xavf ostidami?

Olam

image

Kecha, 20 aprel kuni birja savdolarida Amerika nefti narxi tarixda ilk bor manfiy darajaga tushib ketdi. Bu neft ishlab chiqaruvchilar may oyida omborxonalar to‘lib qolishi mumkinligini hisobga olib, xaridorlarga pul to‘lab, neft sotadi degani. Agar buni sotish, deb bo‘lsa.

Butun dunyoda karantin o‘rnatilgani va barcha uyda qolayotgani uchun neftga deyarli talab bo‘lmayapti. Natijada neft kompaniyalari ortiqcha neftni saqlash uchun ijaraga tanker olyapti va bu Amerika neftining narxi manfiy bo‘lishiga sabab bo‘lyapti.

West Texas Intermediate (WTI) neftining bir barreli minus 37,63 dollargacha tushib ketdi.

“Bu g‘alati. Talab shoki shu qadar kuchli bo‘ldiki, odamlar kutgan barcha ta’minlardan oshib tushdi”, deydi CFRA Research kompaniyasining energetik aksiyalari bo‘yicha tahlilchisi Styuart Glikman.

20 apreldagi keskin pasayish dunyo neft bozorining texnik xususiyati bilan ham bog‘liq. Neft kelajakdagi narxi bilan sotiladi. Fyuchers shartnomalari esa bugun tugaydi. Shuning uchun, sotuvchilar neftni yetkazib berish va saqlash uchun xarajatlardan qochish uchun zaxiralarini bo‘shatishga harakat qildi.

WTI`ning iyun oyi uchun narxlari ham pasaydi, biroq barreli uchun 20 dollardan qimmatroq bo‘lib turibdi. Yevropa va dunyoda namuna sifatida foydalaniladigan Brent Crude ham 8,9 foizga arzonlab iyundagi shartnomalar bo‘yicha barreliga 26 dollardan sotilyapti.

Styuart Glikman neft narxining tarixiy o‘zgarishi “qora oltin” bozori duch kelgan bosimni eslatayotganini ta’kidlab, cheklovlar (karantin davridagi) saqlanib qolsa, inyudagi narxlar ham past bo‘lishini aytib o‘tgan.

“Men haqiqatda neft kompaniyalari va neft narxi nisbatan optimistik ruhda emasman”, degan u.
Buyuk Britaniya neft-gaz sektoridagi biznes-lobbi OGUK amerika neftining arzonlashishi Shimoliy dengizda ishlovchi kompaniyalarga ta’sir qilishini aytmoqda.

“Bu bozorning AQSHdagi dinamikasi Buyuk Britaniyada ishlab chiqariladigan Brent bozori dinamikasidan farq qiladi. Ammo biz ta’sirdan qochib qololmaymiz. Bizning bozor – bu shunchaki savdo bozori emas, har bir yo‘qotilgan penni ish o‘rinlariga nisbatan ulkan noaniqlikni keltirib chiqaradi”, degan OGUK rahbari Deyrdre Michi.

Yetakchi neft eksportyorlari – OPEC va uning ittifoqchilari, masalan, Rossiya qazib olish hajmini kamaytirishga kelishib oldi. Amerikaning o‘zida ham neft ishlab chiqaruvchilar savdo kelishuvi bilan qazib olishni qisqartirishga kelishdi. Ammo bu yetarli bo‘lmayapti. Dunyoda talab qilinayotgandan anchagina ko‘p neft xomashyosi bor.

E’tiborlisi, masala biz undan foydalana olishimizda emas, balki cheklovlar yetarlicha yumshatilib, qo‘shimcha neftga talab paydo bo‘lguncha xomashyoni saqlay olishda.

Dunyo neft bozoridagi hozirgi vaziyat odamlar normal hayotga qaytib, talab tabiiy ravishda o‘smaguncha o‘nglanmasligini ko‘rsatyapti. Ishlab chiqarishdagi har qanday cheklovlar neft narxini qutqarishi dargumon. O‘z navbatida, odamlarning normal hayotga qaytishi sog‘liqni saqlash sohasidagi inqiroz qay tarzda hal etilishiga bog‘liq.

Xususiy sektordagi neft kompaniyalari past narxga javoban ishlab chiqarishni yanada qisqartirishni ko‘rib chiqadi. Ammo ular bozorga fundamental ta’sir o‘tkaza olmaydi. Chunki tabiiy talab bo‘lmagandan keyin ishlab chiqarishni to‘xtatish qo‘shimcha ishsizlikni keltirib chiqaradi, xolos.

AQSH Prezdenti Donald Tramp Hukumat ortiqcha neftni mamlakat milliy zaxirasi uchun sotib olishini ma’lum қилди. Biroq vahima tinmayapti, chunki AQSHda neft omborxonalari to‘lib bo‘lyapti. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, amerika nefti narxi musbat darajaga chiqib oldi. Ammo narx hamon juda past.

Bundan bir necha hafta ilgari AQSH Prezidenti istagan vaqti neft bozoriga ta’sir o‘tkaza olishi mumkinligi haqida aytgandi. Buning uchun ularda yetarlicha “richag” borligini ta’kidlagandi. Aftidan, o‘sha dastaklarni ishga soladigan vaqt keldi. Agarda ular hamon ta’sir kuchiga ega bo‘lsa...


Maqola muallifi

Teglar

AQSh neft'

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made