AQŞda lotereyadan $1 mln yutgan noqonuniy migrant qölga tuşdi

Olam

−

visibility3438 timer2 daqiqa

image

AQŞ Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) xodimlari Bostonda ötgan hafta Massaçusets ştati lotereyasida bir million dollar yutib olgan salvadorlik noqonuniy muhojirni qölga oldi. Bu haqda idoradagi uçta manbaga tayanib, “Fox News” muxbiri xabar berdi.

“ICE’dagi uçta manbaning ma’lumotiga köra, bugun erta tongda ICE’ning Boston bölimi ötgan hafta Massaçusets davlat lotereyasida 1 million dollar yutib olgan ğolibni – menga xabar berişlariça, Salvadordan kelgan noqonuniy muhojir bölgan erkakni hibsga oldi”, deydi muxbir.

Jurnalist manbalarining ma’lumotlariga köra, gap ICE qidiruvida bölgan Ariel Antonio Velaskes-Morales haqida ketmoqda. U ilk bor 2013 yilda Texas ştatining Roma şahri hududida AQŞ çegarasini noqonuniy kesib ötgan, 2014 yil aprel oyidan esa unga nisbatan deportatsiya töğrisidagi qaror amalda bölgan.

Jurnalistning xabar berişiça, joriy yilning 18 noyabr kuni Massaçusets lotereyasi rahbariyati erkakka 1 million dollarlik çek topşirgan, uç kun avval esa Facebook’dagi sahifasida uning yutuq bilan tuşgan suratini e’lon qilgan.

Meluginning ma’lumotlariga köra, joriy yilning 24 noyabr kuni ertalab Bostonda qölga olişga uriniş paytida erkak qoçişga tuşgan, biroq ICE xodimlari uni tezda quvib yetib, hibsga olgan.

Massaçusets ştati qonunlariga köra, lotereyada iştirok etiş va yutuqni oliş uçun Amerika fuqaroligi yoki AQŞda qonuniy maqomni tasdiqlovçi hujjat talab etilmaydi. Faqat 18 yoşga tölganlikni tasdiqlaş kifoya.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing