AQSHda koronavirus sabab umr ko‘rish davomiyligi kamaydi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHda o‘tgan yilda umr ko‘rish davomiyligi bir yarim yilga kamaydi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash milliy statistika markaziga asoslanib xabar berilgan.  

“2020 yilda butun AQSH aholisi uchun umr ko‘rish davomiyligi 77,3 yoshni tashkil etdi, bu 2019 yildagi 78,8 yoshdan 1,5 yilga kam”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, mamlakatda o‘tgan yilda ayollarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 80,2 yoshni tashkil etgan (2019 yilga nisbatan 1,2 yilga kam), erkaklarda esa 74,5 yosh (2019 yilga nisbatan 1,8 yilga kam). Mutaxassislarga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi ko‘rsatkich “2003 yildan beri ko‘rilmagan” darajaga, ayollar orasida “2005 yildan beri eng past darajaga qaytgan”. 

Hisobotda ta’kidlanishicha, o‘lim ko‘payishiga sabab bo‘lgan koronavirus tufayli o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi pasaygan. 

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus tarqalishi bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar dunyoda birinchi o‘rinda turadi: 34 mln 174 ming 774 kishi infeksiya yuqtirgan, 609 ming 529 bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh koronavirus umr

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing