AQSHda xavfli moddalar ortilgan poyezd yonib ketdi

Olam

image

AQSHning Men shtati Rokvud qishlog‘i yaqinida poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rokvud qishlog‘i Kanada chegarasidan taxminan 72 km uzoqlikda joylashgan. Poyezd Mucxed ko‘li hududidagi yo‘lning yemirilishi tufayli relsdan chiqib ketgan. Bu shtatdagi eng katta toza suv havzasidir.

Canadian Pacific Railways ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘indan faqat lokomotiv va yog‘och vagonlar zarar ko‘rgan. Poyezdda xavfli moddalar ham bo‘lib, u vagonlarga hech narsa qilmagan.

Hodisa oqibatida mahalliy aholiga hech qanday zarar yetmagan. Poyezdda qanday xavfli moddalar tashilgani ochiqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh yong'in poezd xavfli moddalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing