AQSHda qisman karantin cheklovlari olib tashlandi
Olam
−
19 aprel 2020
8191AQSHning bir qator shtatlarida koronavirus pandemiyasi tufayli ilgari o‘rnatilgan ba’zi cheklovlar olib tashlanadi. Bu haqda kecha, 18 aprel kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ushbu cheklovlarning olib tashlanishi ba’zi shtatlardagi korxonalarga qo‘llaniladi. Tegishli korxonalar endi avvalgidek ish rejimida ishlashlari mumkin bo‘ladi.
Shunday qilib, Texas va Vermontda ba’zi korxonalarni 20 apreldan, Montanada esa 24 apreldan qayta ishga tushishi mumkin. Bundan tashqari, boshqa bir qator shtatlarda rasmiylar tadbirkorlarga 1 may kuni qisman ochilishiga tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, Joriy yilning 16 aprel kuni Donald Tramp mamlakatda karantin cheklovlarini olib tashlash bo‘yicha o‘z rejasini e’lon qilgan edi. Ushbu rejaga Kongress spikeri Nensi Pelosi qarshi chiqdi. Shuningdek, cheklovlarni erta olib tashlash sabab Prezident Tramp va Nyu-York gubernatori o‘rtasida janjal yuzaga keldi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 734 969 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 66 061 nafari sog‘aygan, 38 903 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 629 465 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi