Toshkent “qizil” hudud deb belgilandi. Ikkita viloyat “sariq”
Jamiyat
−
25 iyun 2021
24322Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 28 iyunidan 12 iyuliga qadar Toshkent shahriga qo‘shni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahri “qizil” hudud deb belgilanganini ma’lum qildi.
Koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning sog‘ayish dinamikasi holatidan kelib chiqib, hududlarni “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish tartibiga muvofiq:
- “Qizil” toifadagi hududga — Toshkent shahri;
- “Sariq” toifadagi hududlarga — Samarqand va Toshkent viloyatlari kirishi belgilandi.
Hududlarni toifalarga ajratish va keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mas’ul hisoblanadi va ushbu xizmat epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, tartib asosida o‘zgarish bo‘lgan hududlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarlarni doimiy ravishda keng jamoatchilikka e’lon qilib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda karantin tartib va cheklovlariga qo‘shimchalar kiritilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi