Tramp AQSH uchun yangi rejasini ochiqladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy qilingan karantinni tugatish rejasini taqdim etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Reja uch bosqichdan iborat. Amerika rahbari strategiyasiga ko‘ra, keksa fuqarolar va himoyaga muhtoj guruhlarni himoya qilish davom etadi, shu bilan birga, harbiy va boshqa guruhlarga o‘z vazifalarini bajarishga imkon beriladi.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu rejada kasalxonalarni ish rejimi, test o‘tkazish kabi aniq shartlar ko‘zda tutilgan. Rejani amalga oshirishdan oldin ularning barchasiga rioya qilish zarur bo‘ladi.

Infeksiya tarqalishining oldini olish uchun kiritilgan gigiyena talablarga ham amal qilinadi.

Trampning ta’kidlashicha, ushbu reja koronavirusning kuz oyida kutilayotgan yangi to‘lqinining oldini olishda qo‘l keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp

Baholaganlar

280

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing