AQSHda eng ko‘p qidirilgan jinoyatchi 52 yil o‘tib topildi

Olam

image

AQSHda eng ko‘p qidirilgan jinoyatchilardan birining shaxsi oradan 50 yildan ko‘proq vaqt o‘tgach aniqlandi. Bu haqda AQSH sud xizmati xabar bergan.  

Jinoyatchi Teodor Konrad 1969 yilda bankda ishlagan va ish joyidan 215 ming dollar (hozir bu 1,6 million dollarga to‘g‘ri keladi) o‘g‘irlagan. O‘g‘irlik bir necha kundan keyin ma’lum bo‘lgan. 

Oradan uch oy o‘tgach, jinoyatchi Gavayi mehmonxonalaridan biridagi barda er-xotin bilan gaplashganidan keyin aniqlangan. Shunga qaramay, Konrad 50 yildan ko‘proq vaqt davomida yashirinib yurishga muvaffaq bo‘lgan. 

1970 yilda Konrad Boston chekkasiga Tomas Rendel ismi bilan joylashgan. Jinoyatchi joriy yil may oyida saraton kasalligidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh o'g'rilik

Baholaganlar

721

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing