AQSHda “blekaut” bo‘lishi mumkinligi aytildi

Olam

image

Agar Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati ko‘mirda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarini yopishda davom etsa, mamlakat elektr ta’minotida katta uzilishlarga duch kelishi mumkin. Buni G‘arbiy Virjiniya ko‘mir sanoati assotsiatsiyasi prezidenti Kris Gamilton “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“To‘xtash uzoq vaqt davom etishi mumkin. Ehtimol, biz ham elektr energiyasi iste’molini ratsionga kiritarmiz”, deydi Gamilton.

Mutaxassisning ishonchi komilki, bu yil qish sovuq bo‘lsa, mutasaddilar ob-havoga chiday olmaydi.

“Avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden ko‘mirda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari juda qimmat ekanligini, qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish uchun ularni butun mamlakat bo‘ylab yopishni rejalashtirayotganini ta’kidlagan edi”, deya aniqlik kiritdi telekanal. 

Jo Bayden vitse-prezident bo‘lgan 2009 yildan beri 2021 yilda elektr stansiyalari soni deyarli 600 tadan 269 taga kamaydi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ko‘mir ekologik jihatdan eng “iflos” yoqilg‘i hisoblanadi, ko‘mir sanoatiga esa hali ham yetarli miqdorda sarmoya kiritilmoqda.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

blekaut

Baholaganlar

314

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing