AQSHda bino qulashi natijasida halok bo‘lganlar va yo‘qolganlar soni ortmoqda
Olam
−
26 iyun 2021
10895Avvalroq, AQSHning Florida shtatining Sarfsayd shahrida 12 qavatli turar-joy binosi qulab tushgani, natijada bir kishi halok bo‘lgani va 99 kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar bergandik.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa natijasida bedarak yo‘qolganlar soni 159 kishiga yetgan. Bu haqda Mayami-Deyd okrugi rahbari Daniella-Livayn Kava ma’lum qilgan.
“Joyi aniqlanmagan odamlar soni 159 kishiga yetdi”, degan u.
Shuningdek, okrug rahbariga ko‘ra, qurbonlar soni to‘rttaga yetgan. Ayni paytda voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, hodisa 24 iyun kuni ertalab sodir bo‘lgan. Ko‘p qavatli binoning yarmi to‘liq, ikkinchisi qisman qulab tushgan.
AQSH Prezidenti Jo Bayden ushbu vaziyat yuzasidan favqulodda holat e’lon qilgan. Davlat rahbari shtatga federal yordam ko‘rsatishni buyurgan. Shuningdek, u Favqulodda vaziyatlarni boshqarish federal agentligiga zarur favqulodda choralarni amalga oshirishda yordam berishga hamda favqulodda vaziyat oqibatlarini yumshatish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va resurslarni o‘z xohishiga ko‘ra safarbar etishga vakolat bergan.
LiveBarchasi