AQSHda begemot ikkinchi marta prezidentlikka nomzodini qo‘ydi (foto, video)

Bu qiziq

image

AQSHning Texas shtatidagi San-Antonio hayvonot bog‘i rezidenti begemot Timoti yana AQSH prezidentligi uchun kurashadi. Bu haqda "Bild" nashri ma’lum qildi.

Nashr Texas jamoatchiligining sevikli begemoti Timotining AQSH prezidentligiga nomzodini ko‘rsatish marosimi videolari e’lon qildi.

Qayd etilishicha, 4 yil avval ham bu lavozimga sutemizuvchining  nomzodi qo‘yilgan va hatto uning yordamchilari begemot teledebatga taklif qilinmaganidan shikoyat ham qilgan. Bir necha ming obunachiga ega bo‘lgan blogida esa 2020 yilgi raqibi Jo Bayden uchun tabriknoma ham joylangan.

Kuni kecha begemotning ko‘plab tarafdorlari va jurnalistlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan marosimda uning suratlari tushirilgan futbolkalar ham sotilgan. Olingan mablag‘lar faqat Timotining saylovoldi kampaniyasiga sarflanishi aytilgan. Timoti saylovdagi bo‘lajak raqiblaridan ancha yoshroq ko‘rinishi uning ustun tarafi ekani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Meksikada shahar meri timsohga uylangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh nomzod prezidentlik begemot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing