AQSHda 43 yil qamoqda o‘tirgan ayol oqlandi
Olam
−
20 iyul
12127AQSHning Missuri shtatida 43 yil qamoqxonada jazo o‘tagan 64 yoshli ayol Sandra Hemme kecha, 19 iyul kuni sudda oqlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Hemme 1980 yilda kutubxonachini pichoq bilan o‘ldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Yagona dalil – mahkumning chin dildan iqror bo‘lishi edi.
“Associated Press” xabariga ko‘ra, shtat prokurori Missuridagi uchta sud: quyi sud, apellyatsiya sudi, keyin esa Oliy sud qaroriga qaramay, 43 yil avval begunoh qamoqqa tashlangan ayolni oxirigacha ozod qilishni istamagan. Sudya prokurorni sudga hurmatsizlik uchun javobgarlikka tortish bilan tahdid qilgandan keyingina ayol uchun qamoqxona eshiklari ochilgan.
Oradan 40 yil o‘tib, ish ko‘rib chiqildi va sud Hemme aybsiz degan xulosaga keldi. Sudning joriy yil iyun oyidagi qarorida aytilishicha, ruhiy kasalliklar shifoxonasida tinch holatda bo‘lgan gumonlanuvchidan olingan iqrornoma asosan tergovchilarning savollariga bir bo‘g‘inli javoblardan iborat.
Shu bilan birga, politsiya o‘z xodimlaridan birining (u endi tirik emas, 2015 yilda vafot etgan) sudda ishtirok etishi mumkinligini ko‘rsatadigan boshqa dalillarni e’tiborsiz qoldirib, ularni yashirgan. Bu dalillar politsiyachining mashinasi qotillik sodir bo‘lgan kuni kutubxonachining uyida ko‘rilgani, marhum politsiyachi unga kredit karta orqali pul to‘lamoqchi bo‘lgani, o‘ldirilgan ayolning sirg‘alari esa marhum politsiya xodimining uyidan topilgani haqidagi hujjatlar edi.
Oqlanganidan keyin davlat ayblovchisi Hemmeni ozod etishdan yana bosh tortdi, nazoratchini chaqirib, shaxsan unga sud qarorini bajarishni taqiqlagan. Prokuror oxirigacha AQSH ayollar qamoqxonalari tarixidagi eng uzoq adolatsiz hukmga qarshi chiqishga harakat qilgan va Hemmeni, agar qotillik uchun bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda qamoqxonada sodir etgan jinoyatlari uchun panjara ortida qoldirishni talab qilgan.
“Aybsiz odamni hukm qilish juda oson bo‘lib chiqdi, lekin uni ozod qilish ancha qiyinroq edi”, degan ayolning advokati Shon O’Brayen.
Nashrning yozishicha, qamoqdan chiqqan ayol Chillikoti shahrida singlisi, qizi va nabirasi bilan ko‘rishgan va jurnalistlar bilan gaplashishdan bosh tortib, og‘ir ahvolda yotgan, kasal otasini ko‘rgani ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda Oklaxoma shtati sudi qotillikda ayblangan 71 yoshli Glinn Simmonsni 48 yil qamoqda o‘tirganidan so‘ng oqlagani xabar qilingandi. Ushbu muddat Qo‘shma Shtatlardagi eng uzun asossiz qamoq jazosi deb topilgandi.
LiveBarchasi