AQSHda 3 ming noqonuniy migrant qo‘lga olindi
Olam
−
20 yanvar 2036 2 daqiqa
AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) xodimlari Minneapolisda (Minnesota shtati) federal huquqni muhofaza qilish organlarining noqonuniy muhojirlarga qarshi kurash kampaniyasi doirasida boshlangan eng yirik operatsiyasi chog‘ida 3 ming migrantni qo‘lga oldi. Bu haqda AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Oxirgi olti hafta ichida [operatsiya boshlanganidan beri] xodimlarimiz 3 ming noqonuniy muhojirni hibsga oldi, ular orasida qotillar, zo‘ravonlar, pedofillar va boshqa juda xavfli shaxslar bor. Bu jamoat xavfsizligi uchun katta g‘alaba”, deyiladi xabarda.
2025 yil dekabr oyida AQSH Xalqaro valyuta byurosi Minneapolisda Metro Surge operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Idora uni AQSHda o‘tkazilgan eng yirik tadbir, deb ta’rifladi.
AQSH Prezidenti Donald Tramp avvalroq u hokimiyatga kelishidan oldin mamlakatga noqonuniy ravishda 25 millionga yaqin odam kirganini aytgan edi. Oq uy rahbari bir necha bor immigratsiya siyosatini qat’iylashtirish tarafdori ekanini aytgan. Inauguratsiyadan so‘ng u AQSH va Meksika chegarasida favqulodda holat rejimini joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi va noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish bo‘yicha Amerika tarixidagi eng yirik operatsiyani o‘tkazishni ta’minlash niyatida ekanini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 yanvar kuni AQSH Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) bir vaqtning o‘zida 73 ming nafar migrantni hibsda ushlab turgani, bu ko‘rsatkich idora tarixidagi rekord ekani haqida xabar bergan edik.
AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi 2025 yil 29 dekabr kuni o‘tgan yil davomida mamlakatdan 2,5 milliondan ortiq noqonuniy migrant deportatsiya qilingani haqida hisobot bergan va bu ko‘rsatkichlar faqat boshlanishi ekanini qayd etgan.
Live
Barchasi