AQSHda 22 yoshli qiz jazmanining bank hisobidan pul olish uchun barmog‘ini kesib ketdi
Olam
−
15 iyul 2024 9768 1 daqiqa
AQSHda 22 yoshli ayol 53 yoshli sevgilisining hisobidan pul olish uchun barmog‘ini kesib ketdi. Bu haqda “The Washington Post” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning aprel oyida 53 yoshli erkak Vashingtondagi kvartirasida o‘lik holda topilgan. Uning boshida ko‘plab jarohatlar, jumladan, tanasida pichoq izlari, qo‘lining bosh barmog‘i kesilgan bo‘lgan.
Nashrga ko‘ra, erkakning 22 yoshli sevgilisi sheriklari bilan qochib ketayotgan paytda ko‘chadagi videoyozuvlarga tushib qolgan. Guvohlarning fikricha, qiz va uning do‘stlari avval erkakni do‘pposlagan, pichoqlagan, so‘ng uning bank hisobiga kirish uchun bosh barmog‘ini kesib olgan.
Tekshiruvlar davomida gumonlanuvchi avvaldan sevgilisining pullarini giyohvand moddalar, spirtli ichimliklar va turli xil aysh-ishratga sarflagani aniqlangan.
Live
Barchasi