Kurs UZS

USD

12 920.44

5.44

EUR

14 252.54

295.3

RUB

153.52

-0.03

AQSHda 2 ta yo‘lovchi samolyoti to‘qnashdi

Olam

image

Kecha, 5 fevral kuni Amerikaning Sietl-Takoma aeroportida Yaponiyaning Japan Airlines kompaniyasiga tegishli bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti AQSHning Delta Air Lines aviakompaniyasiga qarashli samolyot bilan to‘qnashdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Vashington shtatida, Tinch okeaning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan eng yirik xalqaro aeroportlardan biri bo‘lgan Sietl-Takomada Delta Air Lines samolyoti texnik ko‘rikdan o‘tish uchun navbatda turganida, Japan Airlines samolyoti uchish yo‘lakchasidan kelayotgan edi. Uning qanoti Amerika samolyotining dumiga to‘qnashgan va zarar ko‘rgan.

Bildirilishicha, voqea samolyotlar havo harakatini boshqarish nazorati ostida bo‘lmagan hududda sodir bo‘lgani uchun boshqa samolyotlarning uchishiga xalaqit bermaydi. Shunday bo‘lsa-da, ba’zi reyslar kechiktirilishi mumkin.

Qayd etilishicha, to‘qqiz soat davom etgan parvozdan so‘ng Tokiodan uchgan samolyot bortida 172 yo‘lovchi va 13 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Delta Air Lines samolyotida esa 142 yo‘lovchi bo‘lib, u Meksikaning Puerto-Valyarta shahriga uchishi kerak edi. Hozirda jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan. Yo‘lovchilar esa boshqa samolyotga ko‘chirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 30 yanvarga o‘tar kechasi Vashingtondagi Ronald Reygan aeroportida American Airlines aviakompaniyasiga tegishli Bombardier CRJ700 mintaqaviy yo‘lovchi samolyoti Sikorsky H-60 (Black Hawk) harbiy vertolyoti bilan qo‘nish chog‘ida to‘qnashgandi. Bortdagi yo‘lovchilar va ekipajning hammasi halok bo‘lgan va ularning jasadlari Potomak daryosidan chiqarib olingan.

Sara Komiljonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh yo'lovchi samolyoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing