AQSHda 100 dan ortiq mashinalar to‘qnashib ketdi (video)

Olam

image

Kecha, 19 yanvar kuni AQSHning Michigan shtatidagi avtomagistralda muzlama sababli 100 dan ortiq avtomobil to‘qnashib ketdi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, I-196 avtomagistralining g‘arbiy qismida ommaviy avariya mahalliy vaqt bilan soat 10:20 da boshlangan va taxminan ikki soat davom etgan. Shu vaqt ichida yo‘lda 100 dan ortiq avtomobil to‘qnashgan, ularning 40 tasi yuk mashinalari bo‘lgan. Bu holat magistral bo‘ylab harakatning to‘liq to‘xtatilishiga olib kelgan.

“Avtomagistral transport vositalarini tozalash va evakuatsiya qilish ishlari olib borilishi sababli bir necha soatga yopiq qolishi kutilmoqda”, degan politsiya xodimlaridan biri. 

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 19 kishi jarohat olgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, avariyada halok bo‘lganlar yo‘q.

“Politsiya xizmati xodimlari mahalliy tez tibbiy yordam va yong‘in xavfsizligi xizmatlari bilan birgalikda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatmoqda hamda ularni yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazmoqda”, deyiladi xabarda. 

Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, shtatda 6 dan 12 dyuymgacha (taxminan 15-30 santimetr) qor yoqqan, shamol tezligi esa soatiga 60 milgacha (taxminan 27 metr/soniya) yetmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyatidagi avtomobil yo‘lida qor bo‘roni va ko‘rishning yomonlashuvi tufayli qirqqa yaqin avtomobil bir-biriga to‘qnashib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

mashina Michigan muzlama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing