AQSHda 10 millionga yaqin odam ishsiz qoldi
Olam
−
03 aprel 2020
5032O‘tgan hafta davomida AQSHda ishsizlik nafaqasi uchun 6,5 milliondan ortiq kishi ariza topshirdi. Mehnat vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta ichida 10 millionga yaqin kishi o‘z ishidan ayrildi.
Imtiyozlar bo‘yicha arizalarning avvalgi rekordi mart oyi oxirida o‘rnatildi va atigi bir hafta davom yetdi. Taqqoslash uchun, oddiy vaqtlarda 300 mingga yaqin shunday so‘rov qayd yetilgan.
Yordam so‘rab qilingan murojaatlarning o‘tgan galgi rekordi mart oxirida vujudga kelgan va bir hafta davom etgan edi.
Mamlakatda ishsizlikning oshib ketishi pandemiya fonida sodir bo‘ldi. Ko‘plab kichik va o‘rta korxonalar karantin sabab yopilishga majbur bo‘ldi. Mutaxassislarning taxminicha, yo‘qotilgan ish o‘rinlari soni xususiy sektorda jami 10 foizgacha bo‘lishi mumkin. Chakana savdo, ko‘ngilochar va mehmonxonalar bu borada jiddiy zarar ko‘radi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga 245 373 nafar odam chalindi. 10 403 bemor shifo topgan bo‘lsa, 6 095 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi