AQSHda koronavirus vaksinasining dastlabki sinov natijalari e’lon qilindi

Salomatlik

image
Vaksina tayyor bo‘lguncha koronavirusni mag‘lub qilish yo‘li aytildi north_east

Vaksina tayyor bo‘lguncha koronavirusni mag‘lub qilish yo‘li aytildi

Amerikalik shifokorlar koronavirus vaksinasining o‘tkazilgan ilk bosqichdagi sinovini yakunladi. Natijalar "EBioMedicine" jurnalida e’lon qilindi.

Ta’kidlanishicha, vaksinani sinab ko‘rish paytida olimlar SARS va MERS viruslari bilan kurashish tajribasiga tayangan. Pitsburg universiteti dotsenti Andrea Gambottoning so‘zlariga ko‘ra, bu ikkala patogen SARS-CoV-2 bilan o‘xshash.

Ma’lum qilinishicha, sinovlar davomida shifokorlar potensial vaksina qabul qilinganida virusni zararsizlantirish uchun yetarli darajada SARS-CoV-2 ga qarshi antitelalarni ishlab chiqarishi aniqladi. Ushbu natija shifokorlarni qoniqtiradi va keyingi sinovlar uchun yo‘l ochadi. 

Ta’kidlanishicha, ushbu vaksina faqatgina labaratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazildi. Yaqin kelajakda olimlar vaksinani haqiqiy koronavirus yuqtirilgan sichqonlarda sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda. Kelajakda agar ular AQSH hukumatidan ruxsat olishsa, ko‘ngillilarda klinik sinovlar o‘tkaziladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar 1 015 709 nafarni tashkil qilmoqda. Ularning 53 069 nafari vafot etgan, 211 409 nafari esa sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Koronavirus Vaktsina Sinov

Baholaganlar

1005

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing