AQSHda haddan tashqari issiq sabab ko‘priklar qulashi mumkin

Olam

image

AQSHdagi ko‘priklar haddan tashqari issiqlik va suv toshqini tufayli qulash arafasida. Bu haqda “The New York Times” nashri xabar berdi.

Professor Pol Chinovskiyga ko‘ra, haroratning bu darajada keskin o‘zgarishi ko‘prik konstruksiyalarining doimiy ravishda kengayishi va qisqarishiga olib keladi. Ushbu holat ularning mustahkamligiga, odamlar va yuklarning xavfsiz harakatlanishiga tahdid soladi.

“Shunday issiq bo‘ladiki, beton va po‘latni ushlab turadigan elementlar erib ketadi. Oqibatda ko‘priklar o‘yinchoq konstruksiyalar kabi parchalanishi mumkin”, deydi professor.

Nashrga ko‘ra, infratuzilmaning yomonlashuvi allaqachon logistika va tovarlar narxiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Agar AQSH rasmiylari barcha eskirgan ko‘priklarni ta’mirlash uchun yopishni boshlasa, yuk mashinalari yo‘nalishi tez-tez o‘zgarib turadi. Oqibatda har marshrutga 15 dan 100 milyagacha masofa qo‘shiladi va safar muddati soatiga taxminan 91 dollarga tushadi. Bu holat tovarlar narxining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq global isish zaytun moyi, qahva va kakao kabi mahsulotlar ishlab chiqarishning keskin kamayishiga va ularning narxi oshishiga sabab bo‘layotgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing