AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya KXDRga qarshi kurashni kuchaytiradi
Olam
−
09 dekabr 2023
6432AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya Shimoliy Koreya tahdidlariga javob berish uchun chora-tadbirlarni kuchaytirishga kelishib oldi. Bu haqda Amerika milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Seulda ma’lum qildi.
"Biz Shimoliy Koreyadan kiberjinoyat va pul yuvishdan tortib, kosmik sinovlar, ballistik raketalarning uchirilishigacha bo‘lgan chaqiriqlarga qarshi turish uchun yangi uch tomonlama tashabbuslarni boshladik", deydi Sallivan.
U uch davlat Tayvan bo‘g‘ozining har ikki tomonida tinchlik va barqarorlik hamda Sharqiy-Janubiy Xitoy dengizida navigatsiya erkinligini himoya qilishda davom etishiga va’da bergan.
Uch davlat vakillarining fikricha, Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik Kengashining yadrosizlanish va harbiy hamkorlikni taqiqlash bo‘yicha rezolyutsiyalari doirasidagi majburiyatlarni bajarishi kerak hamda uch tomon bu majburiyatlarning qat’iy bajarilishini ta’minlash uchun hamkorlikni kuchaytiradi.
Seuldagi uchrashuvda Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik ham muhokama qilingan.
“Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning chuqurlashib borayotgani Shimoliy Koreyaga o‘tgan oy yil boshida ikki muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin orbitaga harbiy ayg‘oqchi sun’iy yo‘ldoshni muvaffaqiyatli olib chiqishga yordam bergan ko‘rinadi”, deyiladi xabarda.
Ayni paytda Shimoliy Koreya davlat OAVlari Pxenyan razvedka sun’iy yo‘ldoshlarini uchirishni davom ettirish niyatidaligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 noyabr kuni Shimoliy Koreya o‘zining razvedka yo‘ldoshini uchirgandi. Bunga javoban 22 noyabr kuni Koreya Respublikasi keskinlikni kamaytirish bo‘yicha Koreyalararo kelishuvning amal qilishini qisman to‘xtatganini e’lon qildi. Ushbu chora uchish taqiqlangan zonalar haqidagi qoidalarga tegishli edi. 23 noyabr kuni KXDR Mudofaa vazirligi endi butun kelishuvga rioya qilmasligini va hujjatda taqiqlangan choralarni qo‘llashni qayta boshlashini ma’lum qildi.
Keyinchalik Kim Chen In razvedka sun’iy yo‘ldoshi tomonidan Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi Amerikaning “USS Carl Vinson” yadroviy aviatashuvchi kemasi va Gavayidagi harbiy bazalar aks etgan suratlarni o‘rgangandi. Bundan tashqari, u “Mulligyong-1” razvedka sun’iy yo‘ldoshi tomonidan olingan Oq uy va Pentagon suratlarini ko‘zdan kechirdi.
LiveBarchasi