AQSH Zelenskiyni “qochish”ga undayapti – OAV

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni xavfsizligi uchun Lvovga borishga chaqirmoqda. Bu haqda ABC telekanali AQSH Prezidenti ma’muriyatidagi manbasiga tayanib, ma’lum qildi.

“AQSH ma’muriyati Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni xavfsizligi uchun mamlakat g‘arbiy qismidagi Lvovga borishga chaqirdi”,  deyiladi xabarda.

Avvalroq, Vladimir Zelenskiyning o‘zi mamlakatni tark etgan Oliy Rada deputatlarini 24 soat ichida ortga qaytishga chaqirgan edi. Uning ta’kidlashicha, rasmiylar o‘z namunasi bilan Ukraina xalqiga birdamlik signallarini berishlari lozim.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Keyinroq Putin Tashqi ishlar vazirligiga DXR va LXR bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish, Mudofaa vazirligiga esa o‘z hududlarida tinchlik saqlanishini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi. Prezident farmonlaridan birining matnida ta’kidlanishicha, harbiy idoraga do‘stlik,  hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnoma tuzilgunga qadar "Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari tomonidan Donetsk Xalq Respublikasi hududida tinchlikparvarlik funksiyalarini amalga oshirish” topshirilgan.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH Prezidenti Jo Bayden ayrim shaxslarning mulkini bloklash va ayrim operatsiyalarni taqiqlovchi farmon qabul qildi. Hujjat DXR va LXRga sarmoya kiritishni, shuningdek, ushbu mintaqalardan har qanday tovarlar, xizmatlar yoki texnologiyalarni Qo‘shma Shtatlarga import qilishni taqiqlaydi.

Bundan tashqari, ushbu farmon o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarda harakat qilishga qaror qilgan har qanday shaxsga nisbatan jazo choralarini qo‘llash imkonini beradi.

Qo‘shma Shtatlarda joylashgan yoki keyinchalik AQSHga kiradigan, DXR va LXR bilan bog‘liq shaxslarga tegishli bo‘lgan barcha mulk va mulkdagi ulushlar bloklanadi.

AQSH bugun, 22 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olgani uchun Rossiyaga nisbatan cheklov choralarini joriy qiladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina DXR va LXR

Baholaganlar

563

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing