AQSH Yevropani Hindistonga bosim o‘tkazishga chaqirdi
Olam
−
01 Sentabr 5283 1 daqiqa
AQSH Yevropa davlatlaridan Hindistonga nisbatan Amerika joriy qilgan choralar bilan bir xil sanksiyalarni qo‘llab, ushbu mamlakatga bosim o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda “India Today” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Vashington Yevropadan Hindistonga neft va gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatishni hamda Qo‘shma Shtatlar singari hind mahsulotlariga qo‘shimcha bojlar joriy etishni talab qilmoqda.
Oq uy vakillarining fikriga ko‘ra, ayrim yevropalik rahbarlar ochiqchasiga AQSH rahbari Donald Trampning Ukrainadagi mojaroni tugatish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlayotgandek ko‘rinsa-da, aslida Alyaskada bo‘lib o‘tgan Rossiya–AQSH sammiti natijalarini susaytirishga urinyapti.
Qayd etish joiz, AQSH Rossiya bilan savdo qilgani uchun Hindistonga katta bojlar bilan tahdid qilib keladi. O‘tgan oyda Tramp ma’muriyati Rossiya bilan aloqa qilgani uchun Nyu-Dehliga qarshi qo‘shimcha boj choralarini joriy qildi. Avval 25 foizlik boj kiritilgan bo‘lsa, 27 avgustdan boshlab umumiy tarif 50 foizga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston Tashqi ishlar vazirligi AQSH va Yevropa Ittifoqining Rossiyadan neft importi bo‘yicha tanqidlarini “asossiz va mantiqsiz” deb atagandi. Vazirlikka ko‘ra, g‘arbliklarning o‘zi ham Rossiya bilan aloqalarni uzmagan va hozirgacha sherikchilik qilib keladi.
Live
Barchasi