AQSH Yevropaga yana bir “zarba” bermoqchi

Olam

image

Butunjahon savdo tashkiloti (JST) Yevropa Ittifoqi Airbus ishlab chiqaruvchisiga noqonuniy subsidiyalar berishni to‘xtatmaganligini aniqladi. Shuning uchun AQSH Yevropaga qarshi yangi sanksiyalarni qo‘llashi mumkin. Bu haqda tashkilotning veb-saytida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Fransiya, Germaniya, Ispaniya va Buyuk Britaniya rasmiylari JSTning ogohlantirishlari va talablariga qaramay AAirbus'ga A350 va A380WXB ishlab chiqarishda yordam berishda davom etgan. Mazkur xabar e’lon qilingach, Yevropa Ittifoqi A380 ni sotishdan voz kechganini e’lon qildi.

Yevropa Ittifoqi bu hukmga qarshi 10 dekabrgacha apellyatsiya kiritishi mumkin, ammo Bloomberg'ning ta’kidlashicha, apellyatsiyani ko‘rib chiqish muddati ma’lum emas. Gap shundaki, 10 dekabrdan keyin JST apellyatsiya organida yangi ishlar bo‘yicha qaror qabul qilish uchun yetarli a’zolar bo‘lmaydi.

Oktyabr oyida Amerika Qo‘shma Shtatlari Airbus uchun subsidiya masalasida 7,5 milliard dollar miqdoridagi yevropa importiga qo‘shimcha bojlarni joriy qilish huquqini qo‘lga kiritgan. Bu miqdor 2002 yildagi rekord ko‘rsatkichdan deyarli ikki baravar ko‘p.

JST doirasida AQSH va Yevropa o‘rtasidagi sud jarayoni 15 yil davom etadi. Yevropa Ittifoqi Vashington kiritmoqchi bo‘lgan har qanday cheklov choralariga aniq javob berishini va’da qilmoqda. Mutaxassislar bunday zarbalar, xususan bir-biriga bank ma’lumotlari bilan tahdid qilish yirik savdo sheriklari o‘rtasida  savdo urushi hali tugamasligini isbotlayotganini aytishmoqda.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing